Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Unga koʻra, barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilib, natijadorligiga qarab ragʻbatlantirib boriladi.
Markazlar faoliyati “Bitiruvchi sifati indeksi” orqali baholanib, eng yuqori natija koʻrsatgan 20 ta oliygohning karyera markazlariga 500 million soʻmdan ajratiladi.
Mazkur tashabbuslarga hamohang ravishda University of Business and Science qoshida faoliyat yuritayotgan Karyera markazi talabalarni ish beruvchilar bilan bogʻlash, ularni mavjud vakansiyalar va amaliyot dasturlari bilan tanishtirish, kasbiy yoʻnalish berish hamda bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashmoqda.
Bu esa talabalarning tashabbuslari, innovatsion gʻoyalari va startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish hamda taʼlim, amaliyot va bandlik oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9288
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa